Yevro-2020ning eng yaxshi o‘yinchisi «PSJ»ga o‘tdi
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma «PSJ»ni tanladi.
«Milan»ning 22 yoshli sobiq posboni parijliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shildi va besh yillik shartnoma imzoladi.
Donnarumma «Napoli» va «Milan» akademiyalarida tarbiyalangan. U 2015 yildan beri milanliklar tarkibida harakat qilib kelayotgandi.
U Yevro-2020da Italiya terma jamoasi bilan chempion bo‘ldi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter