Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ever Given» tergov harakatlari tugagunicha ushlab turiladi

«Ever Given» tergov harakatlari tugagunicha ushlab turiladi

Suvaysh kanalining bloklanishiga sabab bo‘lgan «Ever Given» konteyner tashuvchi kemasi tergov harakatlari tugaguniga qadar ushlab turiladi. Bu haqda «Al-Arabiya» telekanali rahbari Osama Rabiyaga tayanib Mir24 ma’lum qildi.

«Tergov tugaguniga qadar kema shu yerda qoladi», deb ta’kidladi rasmiy.

Xabarlarga ko‘ra, voqea bo‘yicha rasmiy tergov 31-mart kuni boshlangan. Tergov rahbari Seyid Shayshining so‘zlariga ko‘ra, «Ever Given» sardori kema qirg‘oqqa chiqib qolishidan oldin kanal ma’muriyatining ko‘rsatmalariga amal qilgan-qilmaganligini aniqlash kerak bo‘ladi.  Ishni ko‘rib chiqish ikki yil davom etishi mumkin.

«Biz kemada qanday uskunalar bo‘lganligini va uning to‘g‘ri joylashtirilganligini to‘liq aniqlashimiz kerak.  Ekipajning tergov bilan hamkorlik qilishdan va barcha ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortishi fuqarolik ishining ochilishiga olib keladi. Bu kema va uning tarkibini musodara qilishga sabab bo‘lishi mumkin», – deya tushuntiradi Sheyshi.

O‘z navbatida, konteyner kemasiga egalik qiluvchi Yaponiyaning Shohei Kisen kompaniyasi avariyaning sabablarini aytishdan bosh tortgan. Bu holatga yuqori tezlik va kanaldan o‘tishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa xatolar sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, kompaniya sud tomonidan yuklar kechiktirilganligi sababli zararni qoplash da’volari to‘g‘risida hech qanday so‘rov yoki xabarnoma olmaganligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni 220 ming tonna va 400 metr uzunlikdagi «Ever Given» konteyner kemasi quruqlikka tushib Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ydi. Kemani quruqlikdan tortib olish uchun olti kun kerak bo‘ldi. Bu vaqt ichida kanaldan o‘tish uchun 400 dan ortiq kema yo‘l ochilishini kutib qoldi.

Suvaysh kanali blokdan chiqarilgandan buyon u orqali 284 ta kema o‘tgan. Kanal ma’muriyati 2 aprelga qadar normal tirbandlikni to‘liq tiklashga va’da bermoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring