Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Evakuatsiya qilingan Armaniston fuqarosi arman onalariga murojaat qildi

Evakuatsiya qilingan Armaniston fuqarosi arman onalariga murojaat qildi

Foto: ednews.net

Jang olib borilayotgan hududdan evakuatsiya qilingan Armaniston fuqarosi Aznif Bagdasaryan Bokuda jurnalistlarga intervyu berdi.

«Men Dushanbeda tug‘ilganman. Onam, buvim 1988-yilgacha Bokuda yashagan. Men uchun hech qachon yomon millat va yomon mamlakat bo‘lmagan. Biz sizlar kabi tinch yashashni xohlaymiz», – dedi u.

A.Bagdasaryan Ozarbayjon askarlari tomonidan urush hududidan evakuatsiya qilinishidan oldin qo‘rqinchdan yashirinib yurganini so‘zlab berdi: «Agar ozarbayjonliklar qo‘liga tushib qolsang seni o‘ldirishadi deb meni qo‘rqitishdi. Ammo bunday bo‘lmadi».

U arman onalariga o‘z farzandlarini urushga jo‘natmaslikka chaqirdi.

«Biz urushni istamaymiz. Onalarning o‘z farzandlariga motam tutishlarini va bolalar yetim bo‘lib qolishlarini istamaymiz», dedi Aznif Bagdasaryan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring