Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Euronews: O‘zbekiston «yangi Renessans» markaziga aylanadi

Euronews: O‘zbekiston «yangi Renessans» markaziga aylanadi

G‘arb media gigantlari Euronews va CNN manbalarida Yangi O‘zbekiston haqida turkum materiallar va videolavhalar e’lon qilindi.

Euronews va CNN telekanallarida mamlakatimizda yuz berayotgan global islohotlarni baholashga bag‘ishlangan, jumladan, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan yirik xalqaro tadbirlar – «Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiyalar va ma’rifat» Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi va «O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans poydevori» haftaligi yakunlariga bag‘ishlangan qator axborot va videomateriallar e’lon qilindi. Mazkur xalqaro tadbirlarda 60 ta davlatdan 400 dan ortiq taniqli siyosiy va jamoat arboblari, yirik biznes vakillari hamda ekspertlar, shu jumladan, 203 ta xorijiy tashkilot, kompaniya va assotsiatsiyalarning rahbarlari, 70 dan ortiq nufuzli universitetlar, ilmiy markazlar prezidentlari, rektorlari va direktorlari, shuningdek, 4000 dan ortiq yuqori martabali, taniqli davlat arboblari, siyosatshunoslar, olimlar, ishbilarmon doiralar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi. 

Euronews saytida Yangi O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida dunyoning turli soha mutaxassislari qanday fikrda ekani va yuqoridagi voqealar qanday kechganligiga oid ma’lumot beruvchi materiallar chop etildi. Bir qator konferensiyalar O‘zbekiston vakillari va xalqaro ekspertlarga hamkorlikdagi joriy loyihalar bo‘yicha qaydlarni solishtirish, erishilgan yutuqlarni taqdim etish va kelajak istiqbollarini muhokama qilish imkonini berdi.

Binobarin, ushbu materiallarda so‘nggi olti-yetti yil ichida muhim islohotlar amalga oshirilgani ta’kidlab o‘tildi: valyuta kursini liberallashtirish, moliya sektori va yangi soliq kodeksidagi soliq islohotlari, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va budjetni konsolidatsiyalash sohasidagi o‘zgarishlar shular jumlasidan. Yaqinda esa raqobat to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Albatta bu mamlakatda raqobat muhitini mustahkamlashga katta hissa qo‘shadi. Barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan sessiyada Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta iqtisodchisi Pinar Yashar, YuNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammadzade, USAIDning katta menedjeri Ayjan Beyseyeva, Turkiy savdo-sanoat palatalari ittifoqi bosh kotibi Adem Kula va boshqalar ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Konferensiya tashkilotchilari barcha asosiy vazirliklarga eng yaqin xalqaro hamkorlari va maslahatchilarini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining borishi to‘g‘risidagi hisobotni omma oldida taqdimot qilish taklifi bilan murojaat qilishdi. Natijada yalpi ichki mahsulotning tez o‘sishidan tortib, moda sanoati holatigacha bo‘lgan hayotning deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan bir qator konferensiyalar milliy va xalqaro miqyosda televideniye orqali namoyish etildi.

Euronews va CNN telekanallari efirida namoyish etilgan videolavhalarda yirik tadbirning xorijlik ishtirokchilari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, xalqaro voqealardan olgan taassurotlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. (https://youtu.be/12ZTUcCjhFQ, https://youtu.be/RGbjhPqR9y4, https://youtu.be/1EtR-yu_OfY, https://youtu.be/6i5vnl0Mxl8, https://youtu.be/-iI7dzCs7tQ).

Spikerlar qatorida – Isroil tibbiyot markazi asoschisi Yaron Goyxman (https://youtu.be/-iI7dzCs7tQ), (https://youtu.be/-iI7dzCs7tQ), xalqaro jurnalist Stiven Koul, (https://youtu.be/6i5vnl0Mxl8), (https://youtu.be/6i5vnl0Mxl8), Butunjahon banki eksperti Jan-Jak Roye (Fransiya), Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi lord Jeyms Uorton (https://youtu.be/1EtR-yu_OfY), (https://youtu.be/1EtR-yu_OfY), Kembrijda Markaziy Osiyo bo‘yicha ta’lim xizmatlari direktori  Stiv King (https://youtu.be/12ZTUcCjhFQ) va boshqalar bor edi. Mamlakatimizda 7 yil davomida erishilgan ulkan yutuqlar, O‘zbekiston xalqaro maydonda, jumladan, turizmni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi ishlarni kuchaytirish borasida erishayotgan muvaffaqiyatlar qayd etildi.

  

Ma’lumki, so‘nggi 14 yil ichida O‘zbekiston aholisi uchdan bir foizga ko‘paydi va bugungi kunda 36 million kishidan oshdi. Mamlakatda bolalar soni ko‘payganligi sababli ta’lim tizimini isloh qilish ayniqsa hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Shu o‘rinda anjuman ishtirokchilari xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy maktablar va ta’lim dasturlarini yaratish zarurligini ta’kidladilar. Madaniyat va ta’lim, texnologik innovatsiyalar, barqaror iqtisodiy rivojlanish va qulay ishbilarmonlik muhitida «Yangi Renessans»: O‘zbekiston ushbu maqsadlarga erishish uchun tajriba almashishga tayyor» – deya e’tibor qaratdi Euronews telekanali Focus reportaji va maqolasida.

Tadbir O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlangan yillik anjuman bilan bir vaqtda tashkil etildi.

«Qadimiy shaharlari Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan zamonaviy O‘zbekistonda amaliy san’at durdonalarining keng to‘plami, jumladan ko‘plab monumental me’morchilik, milliy liboslar, qo‘lyozma kitoblar saqlanib qolgan. Bugungi kunda bu meros barchani, ayniqsa zamonaviy o‘zbek rassomlari va san’atkorlarini avangard rangtasvirdan tortib, kinematografiyagacha bo‘lgan san’atning turli yo‘nalishlarida ilhomlantirmoqda», — deb yozadi Euronews.

Qayd etilishicha, har ikkala konferensiya o‘tkaziladigan joy – Enter Engineering Pte milliy kompaniyasi tomonidan bor-yo‘g‘i 40 kun ichida qurilgan. Ulkan ultrazamonaviy, yuqori texnologiyalarga ega tadbirlar zali Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholisi bo‘lgan mamlakatdagi yangilanishlar ramzidek tuyuladi. 300 dan ortiq xorijiy biznes hamkorlar, agentliklar, ko‘p tarmoqli moliya institutlari vakillari 50 dan ortiq alohida muhokama va sessiyalarda vaziyatni baholash uchun minbarga chiqishdi.

Hamkorlar tashabbuslari haftaligi yakunlari haqida batafsil ma’lumotni veb-saytdan olishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring