Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti yillik «Lasetti» mojarosi: firibgarga ish ochildi

Yetti yillik «Lasetti» mojarosi: firibgarga ish ochildi

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga Sunnatulla S.dan  shikoyat kelib tushdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2014-yil 28-noyabr kuni Abdulla PSunnatulla Sning ishonchiga kirib, undan 13.500 AQSh dollarlik «Lasetti» rusumli avtoulovini muddatli to‘lov asosida sotib olishni va’da qilgan.

So‘ngra undan avtoulovni olib boshqa shaxsga sotib yuborgani va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring