«Katta bolalar»ning mashinasi katta jarimalar sabab qo‘lga tushdi
Haydovchidan transport vositasini boshqarish vaqtida yo‘l belgilari va qoidalariga amal qilishi talab etiladi. Lekin ko‘pchilik haydovchilar yo‘l qoidalarini buzib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etadilar. Bu esa o‘z navbatida ma’muriy jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Xususan, fuqaro D.O. boshqaruvidagi «Lasetti» avtotransport vositasi ham yo‘llarda 28 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, 32 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.
Mazkur jarimalar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi sababli, ish Byuroning Sh.Rashidov tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida avtotransportga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Qoidabuzar qarzdor Byuroning qidiruv shubasi va YHXB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan qidiruv tadbirida mazkur «Lasetti» avtotransport vositasi Jizzax-Paxtakor yo‘nalishida harakatlanayotganligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Jarimalar o‘z vaqtida to‘lanib borilganda, ushbu avtomobillar xatlanmagan va bunday ortiqcha harakatlar qilinmagan bo‘lar edi.
Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter