Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar OTMda ham davlat tomonidan ta’minlanadi

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar OTMda ham davlat tomonidan ta’minlanadi

Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalari (davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar)da, shuningdek OTMda ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘ladi.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (446 ming so‘m) pul mablag‘lari to‘lanadi.

To‘liq davlat ta’minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo‘ladi.

Davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming so‘m), yo‘l xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring