Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har kuni ertalabdan «Afg‘onistonda nima gap?» deb so‘rayman — Mirziyoyev

Har kuni ertalabdan «Afg‘onistonda nima gap?» deb so‘rayman — Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.

«Har kuni ertalabdan «Afg‘onistonda nima gap?» deb so‘rayman. Menga 30-40 minut ma’lumot berishadi. Balxda nima gap, nima qilishmoqda, hammasidan xabardor bo‘lib turibman.

Biz qo‘shnimiz va ular bilan muntazam ravishda muloqot qilib turibmiz. Elektroenergiya bermoqdamiz, chegarani ochib qo‘ydik. Afg‘onistonga ko‘plab mahsulotlar bizning hududimiz orqali o‘tadi.

Qo‘shni tanlanmaydi, uni Xudo beradi. Bizning vazifamiz — qo‘shnilar bilan ahil-inoq bo‘lish va hamkorlik qilish. Qancha og‘ir bo‘lmasin, O‘zbekistonda bitta ham o‘q otilmasligi kerak», — dedi Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring