«Ahmadboy» va uning sheriklariga hukm o‘qiladi
2020-yil 12-fevral kuni soat 11.00 da jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida A.Tursunboyev (Ahmadboy)ga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Ahmadboy» nomi bilan tanilgan chinozlik Ahmadjon Tursunboyev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan o‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi dastlabki hukmni chiqargan edi. Unga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi. Shuningdek, bir yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanib, eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.
Mazkur hukm sovub ulgurmay, A. Tursunboyev va boshqalarga nisbatan navbatdagi sud jarayoni o‘tkazilib, navbatdagi hukm ham chiqarilgandi.
Joriy yilning yanvar oyi oxirida Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar A. Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud boshlangandi.
Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgani ma’lum qilingandi.
Ushbu sud jarayoni ertaga yakunlanib, sud hukmi e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter