Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan Xivada xalqaro madaniyat forumi boshlanadi

Ertadan Xivada xalqaro madaniyat forumi boshlanadi

14-15 sentyabr kunlari Madaniy meros haftaligi doirasida Xiva shahrida «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu madaniy forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tashabbusi bilan yana bir muhim voqea sifatida TURKSOYga a’zo bo‘lgan davlatlar madaniyat vazirlari doimiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Dastur doirasida «Xiva - Turk dunyosining madaniy poytaxti» doirasidagi tadbirlar haqida hisobot, 2022 yil turk dunyosining madaniy poytaxti taqdimoti, shuningdek, 2021-2024 yillar uchun TURKSOY Bosh kotibi saylovi o‘tkaziladi.

Xivada, shuningdek, «Arxeologiya va turizm: salohiyatni aniqlash va merosni boshqarish» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir YuNESKO shafeligida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar tomonidan arxeologik merosni boshqarish va geomadaniy brending, fundamental va amaliy ilm-fandagi arxeologik meros va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

O‘zbekiston Prezidenti va hukumati qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘tkazilayotgan Madaniy meros haftaligi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati va O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan, YuNESKO, Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, «Eriell Group» neft servis kompaniyasi ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring