Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronning Kiyevdagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazildi

Eronning Kiyevdagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazildi

Kecha 17-oktyabr kuni Eronning Kiyevdagi elchixonasi oldida ukrainaliklar ishtirokida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar Eron dronlarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilgan.

Kiyev bo‘ylab Eronning Shahed-136 kamikadze dronlaridan berilgan ko‘plab zarbalar natijasida shaharning bir qancha hududlari jiddiy zarar ko‘rgan, tinch aholi orasida qurbonlar ham bor.

Dronlar ko‘p uchirilgani bois Ukrainaning havo hujumiga qarshi tizimlari ularning hammasini ham ushlashga ulgurmadi.

Eron esa ikki o‘rtada mo‘may daromad ishlash maqsadida Rossiyaga nafaqat harbiy dronlar, shuningdek uzoq masofadagi nishonlarni urishga mo‘ljallangan raketalarni ham yetkazib bermoqda.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Eron Moskvaga Shahed-136 kamikadze-dronlarini yetkazib berish orqali Rossiyaning Ukraina davlati hududidagi harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida xabar bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring