Eronning asosiy hujumchisi Sardor Azmun O‘zbekistonga qarshi nega o‘ynamasligi ma’lum bo‘ldi
Avvalroq, Eron terma jamoasi O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish uchun Toshkentga keladigan futbolchilari ro‘yxatida Sardor Azmun yo‘q.
Buning sababi nima ekanligini bilish maqsadida «Stadiona.uz» eronlik jurnalist bilan bog‘langan.
«Eronlik muxlislar JCh vaqtida Azmun manziliga juda qattiq haqoratli so‘zlar aytishgan, hatto uning onasini ham haqorat qilganlar. Shu sababga ko‘ra, Sardor Azmun Eron terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortyapti. Murabbiy Karlush Keyrush Azmunni terma jamoaga chaqirgan edi, ammo u O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga kelmadi.
Keyrush uni terma lagerida yo‘qligi sabab kengaytirilgan tarkibga kiritmaslikka majbur bo‘ldi. Sardor Eron ishongan eng yaxshi hujumchilardan biri, ammo uning bu qarori qanchalik to‘g‘ri, bu haqida hech nima deya olmayman. Azmunning terma lageriga kelmagani uni jamoada boshqa o‘ynamasligidan darak beradi. Endi Eron bunday ayriliqdan so‘ng uning o‘rnini bildirmaydigan hujumchi topishi kerak bo‘ladi», — deydi eronlik jurnalist Murtazo.
Ma’lumot o‘rnida, Sardor Azmun shu yilning 12-iyun kuni Tehron shahridagi «Ozodi» stadionida bo‘lib o‘tgan JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yinning 23-daqiqasida Aleksandr Lobanov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan edi. O‘sha o‘yinda mezbonlar O‘zbekiston ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
23 yoshli futbolchi ayni vaqtda Rossiyaning «Rubin» klubi sharafini himoya qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter