Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronlik qo‘mondon Isroil bo‘yicha keskin bayonot berdi

Eronlik qo‘mondon Isroil bo‘yicha keskin bayonot berdi

Eron islom inqilobi korpusining yangi rahbari Isroilga "jahannam eshiklarini" ochishga va’da berdi

 Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yangi qo‘mondoni Muhammad Pakpurning aytishicha, Isroil uchun yaqinda  “do‘zax eshiklari” ochiladi. Uning so‘zlarini Eronning Mehr agentligi keltirgan. 

Janob Pakpur tayinlanganidan keyingi birinchi bayonotida Isroil Eronning milliy xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga tajovuz qilganini aytdi. Bu javobsiz qolmaydi, deya qo‘shimcha qildi u. 

 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil “Arslon millati” operatsiyasini boshladi. Uning davomida Isroil havo kuchlari Erondagi yuzga yaqin nishonga zarba berdi. Oqibatda IKQ qo‘mondoni Husayn Salamiy, Bosh shtab boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy va yadro olimlari halok bo‘ldi. Eronning NourNews axborot agentligiga ko‘ra, tinch aholi orasidan Tehronning 78 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, yana 329 nafari yaralangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring