Erondagi Urmiya ko‘li yarim yil ichida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin
Janubiy Ozarbayjon (Eron)dagi Urmiya ko‘liga butunlay qurib ketish xavf solmoqda.
«Urmiya ko‘lining hanuz qurib-bitmagani — Allohning irodasi, amaldorlar esa shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tirishibdi», — dedi Eron o‘rmonlar va yaylovlar milliy tadqiqot institutining ilmiy kengashi a’zosi Muhammad Darvish.
Uning ta’kidlashicha, iqlim isishi va qishloq xo‘jaligi uchun suv sarfi ko‘payishi oqibatida kelayotgan yarim yil ichida ko‘l butunlay qurib tugashi mumkin.
Ma’lumot uchun: Urmiya ko‘li Eronning g‘arbida, Kurd tog‘lari sharqidagi tektonik pasayishda, 1275 metr balandlikda joylashgan. Shimoldan janubga tomon cho‘zilgan; uzunligi — 140 km, eni — 40-55 km, eng chuqur joyi — 150 metr. Maydoni — 5200 dan 6000 kvadrat kilometrgacha. Suvi o‘ta sho‘r.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter