Eronda yangi prezident qasamyod qildi
Ibrohim Raisiy Eron prezidenti lavozimini egalladi. Bu haqda IRIB davlat agentligi xabar bermoqda.
Qasamyod Eron parlamenti binosida bo‘lib o‘tdi. Marosimda 83 mamlakatdan 200 nafar mehmon ishtirok etdi. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Raisiy 2017-yilda ham prezidentlikka saylanishga urinib ko‘rgan, ammo o‘shanda u Hasan Ruhoniyga yengilgan.
2021-yilda saylanishidan oldin Raisiy Eron sud tizimi boshlig‘i, bosh prokuror va Tehron prokurori bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. O‘tgan saylovlarda u qariyb 62 foiz ovoz to‘plagan. Ekspertlar yangi prezidentni Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning vorisi deb bilishmoqda.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, BMT xalqaro hamjamiyatning gumoni bilan 1980-yillarda eronlik siyosiy mahbuslarni qatl qilishda ishtirok etgan Raisiy ustidan mustaqil tergov o‘tkazishni talab qilgan. Tashkilot tergovni mamlakat hududida ishlashiga ruxsat berish yangi prezident manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi. Aks holda, u jinoyatlarga aloqador deb hisoblanadi.
Raisiy 1980-yillarda siyosiy mahbuslarni qatl qilish to‘lqini butun mamlakatni qamrab olganda Tehron bosh prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Xalqaro Amnistiya ma’lumotlariga ko‘ra, u 3000 dan 30 minggacha odamning hayotiga zomin bo‘lgan. AQSh va Yevropa Ittifoqi qirg‘inlarning potensial ishtirokchisi sifatida Eronning yangi prezidentiga qarshi sanksiyalar joriy etgan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter