Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron yadroviy dastur uchun himoya shartlarini aytdi

Eron yadroviy dastur uchun himoya shartlarini aytdi

Foto:«Reuters»

Eronning Rossiyadagi elchisi Mahdiy Sanoiyning aytishicha, agar Eron yadroviy dasturi bo‘yicha hamkorlikdagi umumiy tadbirlar rejasi (HUTR) ishtirokchilari Eronning manfaatlarini saqlab qolsa, Eron undagi ishtirokini davom ettiradi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Eron, albatta, nihoyasiz muzokara o‘tkaza olmaydi. Lekin Hamkorlikdagi umumiy tadbirlar rejasi doirasida bir necha masalalar yuzasidan Eronning manfaatlarini ko‘rib chiqish uchun vaqt kerak», ­—­ dedi Sanoiy.

Uning aytishicha, AQShning yadroviy dasturdan chiqib ketishi yaxshilik alomati emas. Buning ustiga bu AQSh xalqaro kelishuvlarga rioya qilishni xohlamayotganini ham ko‘rsatadi.

Avvalroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Yaqin Sharqdagi vaziyatni «juda xavfli» deya atagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring