Eron Ukraina samolyoti raketada urib tushirilganini tan oldi
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif o‘z tvitterida yozdi.
«Qurolli Kuchlar ichki tekshiruvining dastlabki xulosalari: AQSh avantyurizmi tufayli yuzaga kelgan inqiroz paytida yuz bergan bir xato falokatga olib keldi. Biz chuqur afsusdamiz, xalqimizdan, barcha qurbonlarning oilalaridan va bundan jabrlangan mamlakatlardan uzr so‘raymiz va hamdardlik bildiramiz», – deb yozdi u.
Ko‘rinishidan, Eron qurolli kuchlari Ukraina samolyotini dushman ob’yekti (amerika samolyoti yoki raketa) sifatida xato qabul qilishgan va nishonga olishgan. Hukumat aybdorlarni jazolashga, tegishli xulosalar chiqarishga va’da bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Eronda sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida 176 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter