Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron razvedkasi rahbari va o‘rinbosari halok bo‘ldi

Eron razvedkasi rahbari va o‘rinbosari halok bo‘ldi

Foto: «Tasnim»

Isroil yakshanba kuni Tehronga uyushtirgan hujumlarda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) razvedkasi rahbari general Muhammad Kozimiy, uning o‘rinbosari hamda yana bir general halok bo‘lgan. Bu haqda Eronning «Tasnim» axborot agentligi xabar berdi.

Avvalroq Kozimiyning o‘limi haqida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgandi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, isroillik harbiylar Tehrondagi IIQK razvedka boshqarmasi binosiga zarbalar bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring