Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron AQSh terma jamoasini 10 ta o‘yindan chetlatishni talab qilyapti

Eron AQSh terma jamoasini 10 ta o‘yindan chetlatishni talab qilyapti

Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan AQSh terma jamoasi matbuot xizmati emblemasiz Eron bayrog‘i suratini e’lon qildi. Matbuot xizmati keyinroq tushuntirishicha, bu ishni inson huquqlari uchun kurashayotgan eronlik ayollarni qo‘llab-quvatlash maqsadida qilishgan.

Eron o‘z davlat ramzi haqoratlanganiga javoban AQSh terma jamoasini 10 ta o‘yindan chetlatishni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, B guruhining so‘nggi, uchinchi turida Eron va AQSh 30-noyabr kuni o‘zaro kuch sinashadi. O‘yin tungi soat 00:00 da boshlanadi. O‘tkazilgan ikki o‘yindan so‘ng Eron guruhda ikkinchi (3 ochko), AQSh uchinchi (2 ochko) o‘rinni egallab turibdi. G‘alaba har ikki jamoani keyingi bosqichga olib chiqadi, Eron uchun durang ham yetarli bo‘lishi mumkin (buning uchun Angliya Uelsga yutqazmasligi kerak).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring