Erkinjon Turdimov eski noutbuk masalasiga munosabat bildirdi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun o‘tkazilgan navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi E.Turdimov bir necha kun oldin keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Nuroboddagi «Bir million yosh dasturchi» tanlovi g‘oliblariga eski noutbuk berilganini tanqid qildi.
— Mana shu masalani ko‘tarib chiqqan jurnalist va blogerlarga rahmat. Bundan rahbarlar xulosa qilishi kerak. Tanqid qilgan odamni yomon ko‘rish kerak emas, ko‘tarilgan muammoni hal etishi lozim.
Tanlovni o‘tkazishga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgani uchun tuman hokimining yoshlar siyosatiga mas’ul o‘rinbosariga dastlab hayfsan, berilgandi. Ammo kecha vazifasidan ozod etdik. Bunday tadbirlarni soxta obro‘ orttirish, kimlargadir yaxshi ko‘rinish uchun o‘tkazmaslik kerak, - dedi Erkinjon Turdimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter