Eriydigan qahva: foydami yo zarar?
Millionlab odamlar yangi kunini qahva bilan boshlashadi. Haqiqiy qahvani damlashga odatda vaqtini qizg‘anishadi. Shuning uchun ham eriydigan qahva ommalashib ketdi. «Life» eriydigan qahvaning odam salomatligiga zarari bor yoki yo‘qligini tekshirishga qaror qildi.
Eriydigan qahva nimadan tayyorlanadi?
Bir zumda tayyor bo‘ladigan qahvani yalpi ishlab chiqarish 1938-yili «Nestle» kompaniyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Sakson yildan beri uning foyda va zarari borasida bahs-munozaralar tingani yo‘q. Xomashyo vazifasini tovar ko‘rinishini yo‘qotgan qahva doni o‘taydi. Unga quruq sut, shakar va aromatizatorlar qo‘shiladi.
Bugungi kunda ushbu ichimlikning uchta turi mavjud. Kukunsimon — eng arzoni. Mayda tuyilgan qahva doni vakuumga solinadi, u yerda ular orqali suyuqlik tomchisi o‘tadi. Don zarrasi juda tez quritiladi va kukun holiga keltiriladi.
Qumoq-qumoqlisi kukuniga qaraganda sal qimmatroq, garchi granulalar aynan kukunidan hosil qilinsa-da: u bug‘ bilan qayta namlanib, zarralar yumaloqlanadi va granula ko‘rinishiga keltiriladi.
Yana bir turi — sublimir eriydigan qahva. Qahva doni yanchilib, chang holiga keltiriladi va suv bilan birga muzlatiladi. So‘ngra maxsus apparat undagi suyuqlikni tortib oladi va quruq qahva plitkalarini hosil qiladi. Ular qayta tuyiladi, kukundan kattaroq hajmdagi yormalarga aylantiriladi. Sublimir qahvaga aromatizatorlar qo‘shilmaydi, chunki tayyorlash texnologiyasi haqiqiy hid va ta’mini saqlab qolishga ko‘maklashadi.
Tana uchun eriydigan qahva turining farqi yo‘q: sublimir qahva ham salomatlikka kukun yoki qumoqlisi kabi ta’sir ko‘rsatadi.
Tana uchun foydalimi?
Eriydigan ichimlikning tana uchun foydasi unchalik katta emas. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, qahva peshob haydash xususiyatiga ega bo‘lib, tanadan ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborishga, shishni kamaytirishga yordam beradi.
Mavzuga oid: Qand kasaliga qarshi eng yaxshi chora: insulin o‘rniga qahva...
Ichimlikning yana bir ijobiy tomoni arzonligida, tez tayyorlanishida va darrov tetiklashtirishida.
Yoki zararmi?
Psixologik qaramlikni qahvaning donlisidan ko‘ra eriydigani tezroq chaqiradi. Eriydigan qahvani ko‘p ichish zararmi? degan savolga mutaxassislarning javobi — zarar.
Birinchi navbatda, nerv tizimi aziyat chekadi. Eriydigan ichimlik tarkibida kofein tabiiy donlisiga qaraganda ko‘proq. Eriydigan qahvani ko‘p iste’mol qilish oqibatida nerv tizimi zaiflashib ketadi: odam ertalab qahvasiz ish boshlashga qiynaladi, tanaga tetiklashtiruvchi ichimlik kirgandan keyingina o‘ziga keladi. Jizzakilik, asabiylik, uyqusizlik kelib chiqadi.
Qahva arterial qon bosimini ko‘taradi, u tufayli yurak-qon tomir tizimi qiynaladi. Eriydigan qahvada xlorogen kislota mavjud, u yurak kasalliklari rivojlanishiga olib kelishi hamda infarktga turtki bo‘lishi mumkin.
ADORA2A genining muayyan turlari odamlarda xavotir va vahima hissini uyg‘otadi. Bunday kimsalar kunlik kofein miqdorini nazorat qilishlari kerak.
Bo‘g‘imlarimiz uchun zarur bo‘lgan kalsiy kofein tufayli tanadan yuvilib ketadi.
Bo‘g‘imlarimiz uchun zarur bo‘lgan kalsiy kofein tufayli tanadan yuvilib ketadi. Shu bois hatto yosh qahvaxo‘rlarning ham tizza yoki tirsaklarida og‘riq kuzatilishi mumkin.
Eriydigan qahva oshqozon devorlarini ta’sirlaydi va shilliq qavatga zarba beradi. Gastrit, oshqozon yarasi, kislota oshishi — ushbu ichimlikni yoqtiruvchilarda uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklar. Garchi reklamachilar eriydigan qahva bezarar, qad-qomatni saqlashga yordam beradi, deb bong ursa-da, bunga ishonmaslik kerak. Marketing nayranglari ayollarda sellyulit, erkaklarda teri muammalari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Har xil aromatik va ta’m beruvchi qo‘shimchalar — tabiiy tarkibiy qismlar emas, ular, shuningdek, odam salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Endokrinologlarning ta’kidlashicha, och qoringa eriydigan qahva ichib bo‘lmaydi. Juda ichgisi kelsa, ovqatlangandan 30—40 daqiqa o‘tgach ozroq ichishga ruxsat bor — shunda tana intoksikatsiyasi xavfsizroq bo‘ladi. Suvsizlanishning oldini olish uchun 15 daqiqadan so‘ng bir stakan suv ichish zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter