Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erik ten Xag debyutida «Liverpul» tor-mor etildi

Erik ten Xag debyutida «Liverpul» tor-mor etildi

Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida APLning ikki grandi - MYu hamda «Liverpul» Tailandda nazorat o‘yinini o‘tkazdi.

Bahsda Erik ten Xag shogirdlari 4:0 hisobida zafar quchdi.

Birinchi bo‘limda Jeydon Sancho, Fred hamda Marsyal gol kiritgan bo‘lsa, ikkinchi taymda Fakundo Pelistri hisobni yiriklashtirib qo‘ydi.

Klopp ikkinchi bo‘limda asosiy tarkib futbolchilarini maydonga tushirdi, ammo bu foyda bermadi.

Ushbu uchrashuv «Manchester Yunayted» jamoasiga Erik ten Xag bosh murabbiy bo‘lib tayinlanganidan keyingi dastlabgi o‘yin bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring