Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad Saloh Angliya chempionatining 31 yillik rekordini yangiladi

Muhammad Saloh Angliya chempionatining 31 yillik rekordini yangiladi

Foto: Championat.com

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh 13-fevral oqshomida «Everton»ga qarshi o‘tgan o‘yinda Angliya premer-ligasining 31 yillik rekordini yangiladi.

U bir mavsumda safar o‘yinlarida 22 ochko (13 gol, 9 pas) to‘pladi.

Misrlik hujumchining 16-daqiqadagi uzatmasini Aleksis Mak Allister golga aylantirdi. «Everton» darvozasiga ikkinchi golni esa Salohning o‘zi kiritdi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Oldingi rekordni (21 ochko) «Nyukasl» futbolchisi Endi Koul 1993/1994-yillar mavsumida o‘rnatgan edi.

Ayni paytda Muhammad Saloh APL joriy mavsumida eng yaxshi to‘purar (22 gol), eng yaxshi assistent (14 pas) va «gol+pas» tizimida (36 ochko) eng yaxshi futbolchi bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring