Erik ten Xag «Manchester Yunayted»da suhbatdan o‘tdi
Amsterdamning «Ayaks» jamoasini boshqarayotgan 52 yoshli mutaxassis Erik ten Xag «Manchester Yunayted»da suhbatdan o‘tdi. Bu haqda bugun, 23-mart kuni «The Daily Mail» nashri yozdi.
Shu paytgacha «MY» bosh murabbiyligi uchun asosiy ikki nomzod sifatida Tomas Tuxel («Chelsi» bosh murabbiyi) va Erik ten Xag ko‘rilayotgandi.
Angliya Premer-ligasining 2021/2022 mavsumida 29 o‘yindan so‘ng 50 ochko to‘plagan «Manchester Yunayted» turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Amaldagi bosh murabbiy Ralf Rangnikning «Man Yunayted» bilan shartnomasi 2022-yilning 30-iyunigacha tuzilgan. Shundan so‘ng u klubda maslahatchi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter