«Astronomy Now»: Yerga yana bir yirik asteroid yaqinlashmoqda
Asteroid 162082 (1998 HL1) 25-oktyabr kuni Yer sayyorasiga yaqin keladi. Bu haqda «Astronomy Now» jurnali xabar bermoqda.
O‘lchami 411 metrdan 968 metrgacha bo‘lgan kosmik ob’yekt Yer atrofidan tahminan 0,04 astronomik birlik masofasidan uchib o‘tadi. Bu Yerdan Oygacha bo‘lgan taxminan 16 ta masofani tashkil qiladi. Asteroid sayyora uchun xavf tug‘dirmasligi aytilgan.
Manbada, keltirilishicha, asteroidlarning kelgusi 120 yil ichida Yer bilan to‘qnashish ehtimoli juda kam.
162082 (1998 HL1) ob’yekti 1998 yilining 18 aprelida topilgan bo‘lib Yer orbitasini tashqi tomondan kesib o‘tgan «Appolon» guruhiga tegishli. Hammasi bo‘lib, shu turdagi ob’yektlarning 5 mingdan ortig‘i ma’lum.
16-oktyabr kuni ham «2019 SR8» deb nomlangan asteroid sayyoramiz yonidan uchib o‘tib ketgani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter