Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘onni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi

Erdo‘g‘onni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi

Foto: «tccb.gov.tr»

Bugun, 29-mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Foto: «tccb.gov.tr»

Shuningdek, ikki mamlakat prezidentlari o‘tkazadigan muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring