Erdo‘g‘on: Turkiyaning Suriyaga hududiy da’vosi yo‘q
Turkiyaning Suriyaga hududiy da’vosi yo‘q. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining Gaziantep shahridagi mintaqaviy qurultoyida bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, Turkiya Suriyada barqarorlik va osoyishtalikka erishish uchun mamlakatdagi vaziyatni tezroq tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori. Suriyaliklar bu kun kelishini 13 yildan buyon intiqlik bilan kutishmoqda, dedi Erdo‘g‘on.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter