Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Turkiyani BRIKSga a’zo qilishlarini so‘radi

Erdo‘g‘on Turkiyani BRIKSga a’zo qilishlarini so‘radi

Foto: «Gazeta.ru»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on BRIKSning Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti Yohannesburg shahrida o‘tkazilgan 10-sammiti doirasida Turkiyani ushbu tashkilotga a’zo qilishlarini so‘ragan. Bu haqda «Gazeta.ru» sayti xabar bermoqda.

BRIKSga a’zo davlatlar rahbarlari Erdo‘g‘onning ushbu taklifini iliq kutib olishgan. Agar Turkiya BRIKSga a’zo bo‘lsa, ushbu tashkilot nomi BRIKSTga aylanadi.

«Agar bizni ushbu tashkilotga a’zo qilsangiz, uning nomi BRIKST bo‘ladi», – degan Erdo‘g‘on.

Erdo‘g‘onning ta’kidlashicha, BRIKSga a’zo beshta davlat «G 20»(katta yigirmalik)ga kirgan. Turkiya ham «G 20» ichida.

Ayni paytda BRIKSga beshta davlat: Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR a’zo. Ushbu davlatlar nomlarining bosh harfidan BRIKS qisqartmasi kelib chiqqan.

Avvalroq Putin BRIKS safini kengaytirish lozimligi haqida to‘xtalgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring