Erdo‘g‘on Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish shartini aytdi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.
Suriya hududidan harbiylarning olib chiqib ketilishiga faqatgina Suriya xalqining talabi asos bo‘lishi mumkin. Bu haqda u bugun, 7-dekabr kuni ma’lum qilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda qilgan nutqida qayd etishicha, Suriya xalqi «rahmat, endi ketishingiz mumkin» demaguncha, uning mamlakati Suriyadagi «Tinchlik manbai» maxsus operatsiyasini to‘xtatmoqchi emas.
REGNUM axborot agentligi xabar berishicha, Turkiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Hami Aksoyning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Vashington Anqara bilan kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda «Tinchlik manbai» harbiy operatsiyasi davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter