Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on saylovda yutsa, konstitutsiyani o‘zgartiradi

Erdo‘g‘on saylovda yutsa, konstitutsiyani o‘zgartiradi

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yangi muddatga qayta saylangan taqdirda Turkiyaning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u TRT Haber telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Bizning eng katta orzuimiz – xalq xohish-istaklarini inobatga olgan holda mamlakatimizni yangi Konstitutsiya sari yetaklashdir. Bu yangi davrda asosiy maqsadlardan biri bo‘ladi. Biz demokratiyamizni davlat to‘ntarishi mahsuli bo‘lgan amaldagi konstitutsiyadan qutqarmoqchimiz», — dedi Erdo‘g‘on.

Turkiyaning amaldagi prezidenti, avvalo, partiya ichida konstitutsiya bo‘yicha o‘zgarishlar baholanishini, shundan so‘ng aniq qadamlar belgilanishini ta’kidladi.

Erdo‘g‘onning fikricha, saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan taqdirda «Turkiya kelajakka butunlay boshqacha nazar bilan qaray boshlaydi», raqiblari esa «siyosiy murdaga» aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada 14 may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining yakuniy natijasiga ko‘ra nomzodlardan hech biri 50 foizdan oshiq ovoz to‘plamagani sababli ikkinchi tur saylovlari 28 may kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Ikkinchi turda amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga muxolifatchi Kamol Qilichdoro‘g‘li qarshilik ko‘rsatadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring