Yer yuzida qancha odam koronavirusni yuqtirgani taxmin qilinmoqda

Yer yuzi aholisining taxminan 10 foizi koronavirusni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar dasturini boshqaruvchi Mayk Rayanning bu haqda aytgan fikrlarini «Reuters» e’lon qildi.
Shu tariqa, sayyoramizning 90 foiz aholisi xavf ostida, deb hisoblaydi u. Sayyoramizda taxminan 7,84 milliard kishi istiqomat qiladi, buning 10 foizi — 784 million kishi.
«Hozir biz murakkab davrga yaqinlashyapmiz», — deya qo‘shib qo‘ydi Rayan.
JSST vakillari, shuningdek, tashkilot koronavirus kelib chiqish sabablarini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda. Jumladan, bir nechta ekspertlar tekshiruv o‘tkazish uchun Xitoyga yuboriladi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 35 million kishi koronavirusga chalingan. Bir milliondan ortiq kishi halok bo‘ldi. Yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi tarqalishi ilk bor 2019-yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. 11-mart kuni JSST pandemiyani e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter