Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer ostida hordiq: Fransiyada nemis bunkeri mehmonxonaga aylantirildi

Yer ostida hordiq: Fransiyada nemis bunkeri mehmonxonaga aylantirildi

Foto: «MIR 24»

Urush davridan qolgan nemis bunkerida tunab qolish: Fransiya shimoliga sayohat qiluvchilar ana shunday imkoniyatga ega bo‘lishdi, deya xabar bermoqda «MIR 24».

Mahalliy kishi ushbu yer osti inshootini tubdan o‘zgartirib yubordi. U mazkur yer maydonini sotib olib, bir yarim yil davomida 400 metrli bunkerni tuproq va axlatdan tozaladi. Qachonlardir bu yerda havo hujumidan mudofaa punkti joylashgan: vermaxtning 30 nafar askari ittifoqchi samolyotlardan himoya qilishgan. Ushbu g‘ayrioddiy mehmonxonadagi bitta joy bir kecha uchun 375 dollarga baholanmoqda.

«Nemislar yuzlab bunday bunkerlarni qurishgan. Oxir-oqibat, ular butunlay vayron bo‘lishadi. Biz ular orasidan eng yaxshilarini saqlab qolishimiz zarur. Albatta, ularning hammasini ham emas. Chunki atigi ikki yuztacha qolgan, biroq hamma joyda bor», — dedi «bunker» arxeologiyasi ixlosmandi Erve Farran.

Norvegiyadan Ispaniya chegarasigacha bo‘lgan Atlantika qirg‘og‘i bo‘ylab barpo etilgan mustahkam qal’alar tizimi «Atlantika devori» deb nomlangan. Nemislar Ittifoqchilarning qit’aga bostirib kirishining oldini olish uchun uzunligi 5000 km.dan ziyod mudofaa kompleksini qurishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring