Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer orbitasida kosmik chiqindilar miqdori rekord darajaga yetdi

Yer orbitasida kosmik chiqindilar miqdori rekord darajaga yetdi

Yer orbitasidagi kosmik chiqindilar miqdori rekord darajaga yetdi, deb xabar berdi Yevropa kosmik agentligi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda orbitada diametri 10 sm dan ortiq bo‘lgan 35 mingdan ortiq ob’yektlar mavjud: 26 ming kosmik qoldiq va 9100 dona ishchi sun’iy yo‘ldosh. Shuningdek, orbitada milliondan ortiq mayda (1 dan 10 sm gacha) parchalar va qoldiqlar mavjud.

Olimlarning fikricha, har yili Yer atrofida koinotga ko‘proq sun’iy yo‘ldoshlar uchirilmoqda. Biroq, xizmat muddatini tugatgandan so‘ng, oz miqdordagi ob’yektlar orbitadan chiqib ketadi.
Ayniqsa, Yerga yaqin past atmosferadada tirbandlik kuzatiladi. Hozirgi vaqtda barcha faol sun’iy yo‘ldoshlarning uchdan ikki qismi (6 mingta) 500 dan 600 km gacha balandlikda orbitada.

Olimlar ortib borayotgan kosmik qoldiqlar sun’iy yo‘ldoshlar uchun xavf tug‘dirishidan ogohlantirdi. Falokatli to‘qnashuvlar soni ko‘payadi va ular ko‘plab yangi chiqindilarning paydo bo‘lishiga olib keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring