Epidemiya tarqalishi susaydi, infeksiya esa kuchini saqlab turibdi — JSST

O‘tgan sutkada koronavirus bilan 2 200 dan ziyod inson kasallandi, COVID-19ga chalinganlar jami soni 95 ming nafardan oshdi, Xitoydan tashqarida koronavirus qurbonlari soni 200 nafardan oshdi, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bugun, 5 mart kuni bergan ma’lumotlarda.
YeIda o‘lim holatlarining eng ko‘pi Italiyaga (107 nafar) to‘g‘ri kelmoqda, Apennin yarimorolida maktablar va universitetlarni 5-martdan 18-martga qadar yopish to‘g‘risida hukumat qaror chiqardi.
Ushbu mamlakatda barcha sport tadbirlari ham tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi belgilangan.
Fransiyada chorshanba kuni kechki paytga borib koronavirusni yuqtirish bo‘yicha ikkita yangi holat aniqlandi: boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va ota-onasidan biri kasallangan. Bu bola boruvchi maktab (Val d’Uaz departamentida joylashgan) ikki haftalik karantinga yopilib, kasallanganlar nazoratga olingan.
Germaniyada bugun tongga kelib COVID-19 bilan kasallanganlar soni 262 nafarga yetgani ma’lum bo‘ldi. Federal sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpan parlamentda hisobot berarkan, koronavirus tarqalishiga qarshi qattiq choralar ko‘rishda balansni to‘g‘ri olishga e’tiborni qaratdi va Germaniyada epidemiya halli cho‘qqisiga chiqmaganini ta’kidladi.
Isroilda barcha xalqaro simpozium va konferensiyalar taqiqlangan bo‘lib, Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Ispaniya va Avstriyadan keluvchilar uchun majburiy ikki haftalik karantin joriy etildi, ya’ni 5-martdan ushbu mamlakatlar fuqarolari Isroil hududiga qo‘yilmaydi.
Kaliforniyada esa gubernator farmoni bilan favqulodda vaziyat e’lon qilindi, deyiladi «Assoshieyted Press» xabarida.
TASS xabariga ko‘ra esa, bir necha soat avval AQSh Kongressi Vakillar palatasi koronavirusga qarshi kurashish uchun hukumatga qo‘shimcha 8 milliard dollar ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter