Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yaxshi yo‘llar qaysi davlatda, eng yomoni-chi?

Eng yaxshi yo‘llar qaysi davlatda, eng yomoni-chi?

Foto:«AmazingCarrent»

Global raqobatbardoshlik indeksi 2017 — 2018-yillar bo‘yicha eng yaxshi va eng yomon yo‘llarga ega davlatlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Moskva Yevropa davlatlari orasida eng tirband shahar deya tan olindi.

Ro‘yxatda 137 ta davlat bor. Yo‘llar sifati 1-7 balli tizim asosida baholandi. Hech qaysi davlat yuqori ball to‘play olmadi.

Mavritaniyaning yo‘llari eng yomon deb topilib, 2 ball oldi. Uni Kongo demokratik respublikasi va Gaiti ta’qib qilmoqda: 2,1 ball. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar Madagaskar va Gvineyaga tegishli: 2,2 ball. Keyingi o‘rinlarni esa Yaman (2,3 ball), Paragvay (2,4 ball), Ukraina (2,4 ball), Mozambik (2,5 ball) va Moldova (2,5 ball) egallagan.

Eng yuqori o‘rinni egallaganlar: Birlashgan arab amirliklari (6,4 ball), Singapur (6,3 ball), Shveysariya (6,3 ball), Honkong (6,2 ball), Niderlandiya (6,1 ball), Yaponiya (6,1 ball), Fransiya (6 ball), Portugaliya (6 ball), Avstriya (6 ball), AQSh (5,7 ball).

Ro‘yxatda qo‘shnilarimizdan Tojikiston 70-o‘rinda (4,1 ball), Qozog‘iston 115-o‘rinda (2,9 ball), Qirg‘iziston 122-o‘rinda (2,7 ball) qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring