Eng ishonchli avtobrendlar reytingi yangilandi (ro‘yxat)

Amerikaning «JD. Power» konsalting kompaniyasi eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchilar an’anaviy yillik reytingini e’lon qildi.
2022-yilgi reytingda eng yuqoridagi to‘rt o‘rindan uchtasini Janubiy Koreya avtomobilsozlari egalladi — eng ishonchli mashinalar koreyslarniki!
Reyting qanday tuzildi?
2019-yildan beri yangi avtomashina sotib olgan bir necha o‘n ming haydovchining fikrlari o‘rganildi. Ulardan mashinadan foydalanish jarayonida qanday nosozliklar kelib chiqqani so‘raldi. Reytingdagi o‘rinlar muayyan brenddagi har 100 avtomobil ustidan kelib tushgan shikoyatlar sonini solishtirish asosida belgilandi.
Har 100 avtomobiliga 145 shikoyat tushgan Kia (Janubiy Koreya) — ishonchli avtobrendlar reytingi yetakchisi.
Ikkinchi — Buick (AQSh, 147/100), uchinchi — Hyundai (Janubiy Koreya, 148/100), to‘rtinchi — Genesis (Janubiy Koreya, 155/100).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter