Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashash uchun eng qulay shaharlar aniqlandi (top-10)

Yashash uchun eng qulay shaharlar aniqlandi (top-10)

Kopengagen.

Foto: Shutterstock

Economist Intelligence Unit (EIU) Britaniya tahlil markazi dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingini tuzdi. Reytingga 173 ta shahar kiritildi, deb yozmoqda CNN.

Reytingda sog‘liqni saqlash, ta’lim, barqarorlik, infratuzilma sifati va atrof-muhit kabi omillar hisobga olingan.

Kopengagen (Daniya) jahondagi yashash uchun eng qulay shahar deya e’tirof etildi. Daniya poytaxti barqarorlik, ta’lim va infratuzilma bo‘yicha eng yaxshi ballarni to‘pladi (100 imkoniyatdan 100 ball), qolgan toifalarda ham to‘plagan ballari 90 dan yuqori. Shaharning umumiy indeksi — 98 ball.

So‘nggi uch yilda yetakchilik Venaga tegishli edi. Avstriya poytaxti indeksi (97,1) bo‘yicha Syurix (Shveysariya) bilan tenglashib, bu ikki shahar ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. E’tiborli jihati, Teylor Sviftning 2024-yil avgustidagi konsertida portlash tahdidi hamda 2025-yilda temir yo‘l stansiyasiga hujum xavfi paydo bo‘lgani Venaning reytingini pasaytirib yuborgan.

Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari yetakchi o‘nligiga Melburn (Avstraliya), Jeneva (Shveysariya), Sidney (Avstraliya), Osaka (Yaponiya), Oklend (Yangi Zelandiya), Adelaida (Avstraliya), Vankuver (Kanada) ham kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring