Eng «instagrambop» kitoblar aniqlandi (top-10)
Britaniyaning «On Buy» internet-do‘koni kitoblar bo‘limi eng «instagrambop» kitoblar reytingini tuzdi. O‘ziga xos reytingda ijtimoiy tarmoqda suratlari eng ko‘p joylashtirilgan kitoblarga yuqori o‘rinlar berildi.
«On Buy» 2,2 ming kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan. Qolaversa, Instagramdagi xeshteglar tahlil qilinib, eng ko‘p post to‘plagan kitoblar aniqlangan.
Demak, «On Buy» talqini bo‘yicha Harper Lining «Masxara qiluvchini o‘ldirish» kitobi instagramda eng ommalashgan kitob deb topildi. Asar oq tanli qizga nisbatan zo‘ravonlikda aybangan qora tanli yigit ustidan olib borilgan sud jarayoniga bag‘ishlangan.
Joan Roulingning Garri Potter haqidagi turkum kitoblari Instagramda eng ommaviy kitoblar seriyasi deb topildi.
Instagramdagi adabiyot muxlislarining ko‘pchiligi romantika (31 foiz) muxlislari. Keyingi o‘rinlarda o‘smirlar uchun adabiyotlar (26 foiz), tarixiy romanlar (26 foiz), fentezi (25 foiz) va ilmiy fantastika (19 foiz).
Tadqiqotda aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqda joylangan kitoblar muqovalarida eng ko‘p qizil, qora va yashil ranglar qo‘llangan.
Instagramda eng ko‘p post to‘plagan kitoblar (top-10):
- «Masxara qiluvchini o‘ldirish», Harper Li — 175 564 ta post
- «Olov vorisasi», Sara Maas — 148 134 ta post
- «Eleanora va Park», Reynbou Rauell — 84 099 ta post
- «1Q84», Xaruki Murakami — 68 068 ta post
- «Javdarzor adog‘idagi jar ustida», Jerom Devid Selinjer — 47 598 ta post
- «Ajdaholar bilan raqs», Jorj R.R. Martin — 28 165 ta post
- «Men — Malala», Malala Yusufzoy, Kristina Lem — 24 823 ta post
- «Ikki shahar qissasi», Charlz Dikkens — 22 617 ta post
- «Mayoq tomon», Virjiniya Vulf — 17 730 ta post
- «Tasodifiy ish», Joan Rouling — 17 341 ta post
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter