Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng arzon kamerofonlar reytingi tuzildi (top-6)

Eng arzon kamerofonlar reytingi tuzildi (top-6)

Foto: YouTube

iChip portali tahririyati 30 ming rubl (taxminan 355 dollar)gacha narxlangan eng yaxshi kamerofonlar reytingini tuzdi.

Tecno Camon 40 Pro 5G ro‘yxatni ochib berdi. Smartfonning asosiy 50 megapikselli kamerasida Sony LYT-700S sensori o‘rnatilgan.

Tecno Camon 40 Pro 5G

Ekspertlar bu smartfon kunduzi va kechasi sifatli tasvirlar olishi, portret-suratlarda ranglar tabiiyligi saqlanishi hamda selfi-kamerasi 50 Mp ekanligiga e’tiborni qaratishdi.

Redmi Note 13 Pro 5G — ikkinchi o‘rinda. Kunduzgi yorqin quyoshda ham uning tasvirlar sifati yuqori, ammo yorug‘lik kam sharoitda olgan fotolari haqida bunday deyish qiyin.

Redmi Note 13 Pro 5G

Mutaxassislar smartfonning ultrakengburchakli kamerasiga ham past baho qo‘yishdi — suratlar detallanishi qoniqarli emas.

Samsung Galaxy A35 5G — uchinchi o‘rinda. Bu smartfon qo‘zg‘almas ob’yektlarni yaxshi yorug‘lik sharoitida olishga mos. Qorong‘u tushishi bilan smartfonning tasviriy imkoniyatlari birmuncha cheklanadi.

Samsung Galaxy A35 5G

Reytingga Google Pixel 4a, Motorola Moto G85 5G va Honor Magic6 Lite smartfonlari ham kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring