Endilikda UZONLINE abonentlari uchun optikaga o‘tish deyarli bepul bo‘ldi!
«O‘zbektelekom» AK o‘z abonentlari uchun 2019-yilning 11-iyunidan 31-dekabriga qadar «Internetga GPON texnologiyasi asosida ulaning va abonent qurilmasiga BEPUL ega bo‘ling!» aksiyasini e’lon qildi.
GPON texnologiyasi (gigabit passiv optik tarmoq) foydalanuvchilarga internetga ulanishda maksimal tezlik va ishonchlilikni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-martdan boshlab, FTTB va GPON texnologiyasi orqali ulangan yangi abonent (jismoniy shaxs)larga, shuningdek mavjud abonentlar ulanish texnologiyasini ADSLdan FTTBga, FTTBdan GPONga o‘zgartirganda, «O‘zbektelekom» AK hisobidan 100 metrgacha (UTP va optik) kabel taqdim etilishi belgilangan edi. Avvalroq bu haqda xabar berilgan.
Shunday qilib, endilikda UZONLINE abonentlari uchun optikaga o‘tish deyarli BEPUL!
Bugungi kunda O‘zbekistonda «misdan optikaga» o‘tish jarayoni keng ko‘lamda davom etmoqda. 2019 yil boshidan buyon «O‘zbektelekom» AK aholi va ijtimoiy ob’yektlarga GPON texnologiyasidan foydalangan holda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun 5000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyalarini o‘rnatdi. Yil oxiriga qadar O‘zbekiston bo‘ylab fuqarolarning uylariga bir necha o‘n minglab kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.
Kompaniyaning har bir faol abonenti tezkor, ishonchli va arzon internetga ega bo‘lishga intiladi. UZTELECOM UNLIM seriyasining yangilangan tarif rejalari aholiga 100 Mbit/s.gacha internet xizmatidan foydalanish imkonini beradi. Ushbu xizmatlar GPON texnologiyasi bo‘yicha taqdim etiladi.
GPON (ingliz tilidan, Gigabit Passive Optical Network, gigabit passiv optik tarmoq) – bu internet, telefoniya va televideniye xizmatlari kafolatlangan xizmat ko‘rsatish sifati bilan bitta kabel bilan ta’minlangan keng polosali multiservisli kirish tarmog‘idir. GPON – bu 1 Gbit/s.gacha o‘tkazish qobiliyatiga ega shaxsiy optik tolali kanal.
«Internetga GPON texnologiyasi asosida ulaning va abonent qurilmasiga BEPUL ega bo‘ling!» aksiyasining shartlari juda oddiy:
- Yangi abonentlar GPON texnologiyasi orqali (texnik imkoniyat mavjud bo‘lgan joylarda) internet xizmatiga ulanishlari;
- 50 000 so‘m va undan yuqori abonent to‘loviga ega internet tarif rejasini tanlab, xizmatdan kamida 1 yil foydalanishlari kifoya.
Aksiyada GPON tarmog‘ining qamrov hududida bo‘lgan barcha jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
O‘zbekistonda internet hech qachon bu qadar arzon va tezkor bo‘lmagan!
«Internetga GPON texnologiyasi asosida ulaning va abonent qurilmasiga BEPUL ega bo‘ling!» aksiyasi haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi manzillarda tanishish mumkin:
- Sayt: www.uztelecom.uz
- Telegram: https://t.me/uztelecomuz
- Facyebook: https://www.facebook.com/uztelecom
- Instagram: https://www.instagram.com/uztelecomuz
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter