Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Xorazmda turizm politsiyasini «Google Maps» orqali topsa bo‘ladi

Endi Xorazmda turizm politsiyasini «Google Maps» orqali topsa bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Xorazmda turizm namoyishi va infratuzilmasi ob’yektlari hududida chet el va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bilan birga, ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimi D.Sultonovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, eng so‘nggi yaratilgan qulayliklardan yana biri bu, Xorazm viloyatiga kelgan chet el va mahalliy sayyohlar Xiva shahridagi Ichan qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi hududida faoliyat olib borayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari hamda ular joylashgan manzilni hech qanday qiyinchiliklarsiz internet orqali topib borish imkoniyatiga ega bo‘lishganligidir.

Bunday imkoniyatga Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining majmua hududida joylashgan manzili, telefon raqamlari, rasmiy sayti va ish vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Google Maps» elektron xaritalar tizimiga kiritilishi bilan erishildi.

Endilikda Xiva shahriga kelgan chet ellik va mahalliy sayyohlar Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlarini bevosita gid-tarjimonlar va mahalliy aholi yordamisiz «Google Maps» elektron xaritasidagi ma’lumotlar yordamida topishlari mumkin.

Bundan ko‘zlangan maqsad chet el va mahalliy sayyohlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishish orqali yordamga muhtoj sayyohlarga tezkorlik bilan amaliy yordam ko‘rsatishni ta’minlash va bu orqali ularda yurtimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlar shakllantirishga erishishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring