Endi «suyunchi puli» hammaga ham berilmaydi
O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli cheklanmoqda.
4 mart kuni Vazirlar Mahkamasining [ВМҚ-110-сонли] «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.
2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
- birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga;
- ikkinchi farzandi uchun — farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.
Nafaqa olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin.
O‘zgartirish Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 oktyabrdagi 550-son qaroriga 4-ilova — «Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti»ga kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter