Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi suyunchi puli olish uchun ariza kerak emas

Endi suyunchi puli olish uchun ariza kerak emas

Foto: «Xabar.uz»

Tug‘ilganlik va dafn marosimini o‘tkazish uchun beriladigan bir marotabalik nafaqa pulini olish uchun ariza yo‘llash — Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi boshlangan edi.

DXA xabariga ko‘ra, endilikda tug‘ilganlik yoki o‘lim to‘g‘risida guvohnoma olish uchun FHDYo (oddiy qilib «ZAGS») bo‘limiga murojaat etsangiz, suyunchi pulini olish uchun ariza maxsus elektron tizim orqali avtomatik tarzda Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.

Ya’ni, Sizdan qo‘shimcha vaqtingizni sarflab DXMga ham borishingizning hojati bo‘lmaydi.

«ZAGS»ga murojaat qilganingizdan so‘ng qisqa fursatda qo‘l telefoningizga sms-xabar keladi. Siz faqatgina pasport va tegishli guvohnoma (tug‘ilganlik yoki o‘lim to‘g‘risidagi) bilan o‘zingizga qulay bo‘lgan «Xalq banki» filialiga borib belgilangan suyunchi pullarini olib ketishingiz kerak bo‘ladi xolos.

Ilgari suyunchi pulini olish uchun ariza bergandan so‘ng, pullarni faqatgina har oyning belgilangan sanasidan so‘ng va yashash manzili bo‘yicha ko‘rsatilgan bank filialidan olishga to‘g‘ri kelardi.

Endi esa, eksterritorial tarzda istalgan bank filiali va xabar kelganidan so‘ng o‘sha kunni o‘zida pullarni olib ketishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda ariza topshirmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri «Xalq banki»dan suyunchi pulini olish uchun 28 mingga ariza yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring