Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi suv, «svet» yoki gaz hisoblagichlari davriy qiyoslashdan ta’minotchi tashabbusi bilan o‘tkaziladi

Endi suv, «svet» yoki gaz hisoblagichlari davriy qiyoslashdan ta’minotchi tashabbusi bilan o‘tkaziladi

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish vakolatli organlar tashabbusi asosida (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining 847-son qarorida gap boradi.

Endilikda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qilindi hamda hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan o‘tkazish muddati kelgan hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish ta’minotchi korxonalar zimmasiga yuklandi.

Ma’lumot uchun, proaktiv davlat xizmati bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarisiz, vakolatli organlar tashabbusi bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar sanaladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring