Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv hisoblagichlarni qiyoslash aholiga mutlaqo tekinga tushadi

Suv hisoblagichlarni qiyoslash aholiga mutlaqo tekinga tushadi

Foto: Xabar.uz

Prezident imzolagan qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan aholiga qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarini yangisiga almashtirish «O‘zsuvta’minot» AJ va hududiy suv ta’minoti korxonalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Hozirgi tartibga ko‘ra, suv hisoblagichini qiyoslashdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan fuqaro avval my.gov.uz orqali ariza berib, shu arizasi uchun 50 ming so‘m atrofida pul to‘laydi. Keyin bir oy ichida suv ta’minoti xodimi borib, almashtirib ketadi.

«Endi 1 yanvardan qiyoslash muddati tugagan hisoblagichlarni bizning xodimlar o‘zlari almashtirib berishadi. Muddati tugagan paytda suv ta’minoti xodimlari borib, hisoblagichni olib, qayta qiyoslovdan o‘tkazadi. Buning uchun aholi hech qayerga murojaat qilishi shartmas. Xodimimiz bormadimi, demak, hisoblagichdan bemalol foydalanaverish mumkin bo‘ladi», deya Xabar.uz so‘roviga nisbatan izoh berdi «O‘zsuvta’minot» AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov.

Uning aytishicha, bu xizmat uchun hech qanday pul to‘lanmaydi. Shuningdek, my.gov.uz orqali to‘lanadigan mablag‘ ham o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi va qiyoslashdan o‘tkazish aholi uchun mutlaqo tekinga tushadi.

«Ushbu yangi tartib hozircha faqat qiyoslash muddati tugagan hisoblagichlarni amalga oshirish uchun. Agar hisoblagichda qandaydir nosozlik yuzaga kelsa, unda fuqaro my.gov.uz orqali ariza bilan murojaat qilishi kerak», dedi Akmal Murodov.

Qayd etilishicha, «O‘zsuvta’minot» mazkur yangi tartib bilan barcha hisoblagichlarni bosqichma-bosqich qiyoslashdan o‘tkazib olishni rejalashtirgan.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, respublika hududiga texnik talablarga javob bermaydigan suv hisoblagichlarni va ularning qo‘shimcha vositalarini olib kirish hamda o‘rnatish taqiqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring