Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ham avariya sodir bo‘ldi

Samarqandda ham avariya sodir bo‘ldi

Samarqand shahri va tumanining ayrim hududlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Soat 12:00 da Samarqand viloyatidagi 110 kV  «L-G‘arbiy-1, 2» elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida Samarqand tumani va Samarqand shahrining ayrim hududlaridagi iste’molchilar (16000 ta) qisman elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu nosozlik «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand hududiy filialining maxsus brigadalari tomonidan bartaraf etilmoqda, deyiladi energetika vazirligi xabarida.

Avvalroq Namangan, Farg‘ona va Andijonning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishiga sabab bo‘lgan nosozlik ikki kun o‘tib tuzatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring