Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi o‘zbekistonliklar davlat tomonidan Turkiyaga ishga yuboriladi

Endi o‘zbekistonliklar davlat tomonidan Turkiyaga ishga yuboriladi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ravshan Ibragimov (suratda chapda) va «Tayga grup» kompaniyasi vakili Mahmud Yovuz Qalqon.

Foto: «Facebook» / Foreign Employment Migration Agency

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida Turkiyaning Tayga grup kompaniyasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyada ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar berildi.

Xabarda qayd etilishicha, agentlik shu paytgacha tashkiliy ishga yollash sohasida Rossiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Polsha bilan hamkorlik qilardi. Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, Germaniya, Qozog‘iston va Ummon sultonligi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Endi esa Turkiya bilan ham tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik boshlandi.

«Tayga grup» 2006-yildan buyon Turkiyaning Antaliya, Istanbul, Izmir, Mug‘la, Dengizli va G‘oziantep shaharlarida mehmonxona biznesi sohasida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, kompaniya xorijliklarga ishlash uchun ruxsatnoma va vaqtincha turar-joyni rasmiylashtirishda ko‘maklashish hamda xorijdan kelgan talabalarga malaka oshirish bilan bog‘liq masalalarda yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

«Tayga grup» kompaniyasi vakili Mahmud Yovuz Qalqonning bildirishicha, Turkiyadagi mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga katta ehtiyoj bor. Kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi ish beruvchilar rus va ingliz tillarini biladigan xodimlarni talab qiladi. Sayyohlik sohasi mavsumiy bo‘lganligi uchun xodimlar bilan bir yilgacha bo‘lgan muddatga mehnat shartnomasi imzolanadi.

Yaqin kunlar ichida Turkiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istaydigan fuqarolarni tanlab olish jarayoni boshlanadi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ravshan Ibragimov (suratda chapda) va «Tayga grup» kompaniyasi vakili Mahmud Yovuz Qalqon.
Foto: «Facebook» / Foreign Employment Migration Agency
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring