Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi maktab o‘quvchilariga ikkinchi chet tili ham o‘qitiladi

Endi maktab o‘quvchilariga ikkinchi chet tili ham o‘qitiladi

Endi O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar rus va ingliz tili bilan bir qatorda xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillarini ham o‘rganishi mumkin.

Bu haqda Prezidentning «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida gap boradi. 

Belgilanishicha, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

  • 5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;
  • 10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;
  • «Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish» yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

Shuningdek, ushbu hujjat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirish vazifasi hamda yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha vazifalar yuklangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring