Endi hamma yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risida xabar berishi mumkin
Poytaxtda yo‘l harakati qoidalarining buzilganligi haqida Toshkent shahar IIBB veb-sayti orqali xabar berish mumkin bo‘ladi. Bu haqda «Sputnik» xabar bermoqda.
2018-yilning 5-mart kunidan boshlab yo‘l harakati havfsizligi boshqarmasining saytida «mobil muxbir» nomli maxsus bo‘lim ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Uning yordamida foydalanuvchilar har qanday qoidabuzarlik haqidagi foto va videoni joylashtirishlari mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi oyda mazkur bo‘lim test rejimida ishlaydi.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bu materiallarni huquqbuzarliklarga qarshi dalil sifatida ko‘rib chiqadilar. Muhimi, foto va videoyozuvlarda qoidani buzgan avtomashinaning raqami bo‘lsin. Bu vazifani bir muncha osonlashtiradi. Xabar yuborgan muallif esa anonim bo‘lib qolishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter