Endi fuqarolar haftalab kutmaydimi?
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Germaniya davlatidan HICH-END V -SKANER LIZARD A2 qurilmasi keltirilib, Samarqand viloyati FHDY arxiviga o‘rnatildi. Mazkur qurilma yordamida arxiv ma’lumotlaridan nusxa olish (skaner) orqali elektron arxiv shakllantiriladi.
Endilikda fuqarolar arxiv ma’lumotlarini olish uchun haftalab vaqt sarflamasdan bir necha daqiqada kerakli axborotga ega bo‘lishadi. Mazkur loyiha Toshkent va Samarqand shaharlarida sinovdan o‘tkazilmoqda va bu yaxshi natija bersa, boshqa barcha viloyatlarga shu kabi uskunalar keltiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter